Kir yuvish va maishiy ishlar
Bir kunda kir yuvish, SIM karta, poyezd chiptalari va ishlaydigan printer — yaxshi safarning ko‘rinmas yarmi.
Ertalab to‘qqizgacha berilgan kir o‘sha kuni kechqurun taxlangan holda qaytadi. SIM kartalarni tannarxda sotamiz, «Afrosiyob» chiptalarini o‘zimiz bron qilamiz (bahorda ular bir necha kun oldin tugaydi), posadka talonlarini chop etamiz, adapterlar, quyoshdan himoya kremi va dori-darmon turadigan javonimiz bor.
Bularning hech biri uchun alohida haq olinmaydi — qabulxonada ayting.
Boshqa xizmatlar
Aeroport va vokzal transferi
Sizni aeroportda yoki vokzalda istalgan vaqtda kutib olamiz: ismingiz yozilgan lavha va mashinada sovuq suv.
Gid bilan eski shahar sayri
Shu yerda o‘sgan gid bilan uch soatlik piyoda sayr: yodgorliklar va ular ortidagi ko‘chalar.
Nonushta va kechki dasturxon
Nonushta narxga kiradi. Kechki ovqat buyurtmaga, palov — payshanba kuni, doim.
