Asosiy qismga o'tish
Marokand Guest House
Barcha xizmatlar

Nonushta va kechki dasturxon

Nonushta narxga kiradi. Kechki ovqat buyurtmaga, palov — payshanba kuni, doim.

Nonushta kiradi · kechki ovqat 90 000 so‘mdan

The evening table

Nonushta yettidan o‘ngacha: ko‘cha oxiridagi tandir noni, o‘rik va behi murabbosi, shivitli pomidor, xohlaganingizcha tuxum va o‘zimiz olib keladigan qahva.

Kechki ovqat haqida ertalab ayting. Odatda oddiy dasturxon — sho‘rva, salatlar, non — payshanba kunlari esa hovlida qozonda pishirilgan palov bo‘ladi; to‘g‘ri usulda, uch soatda.