Asosiy qismga o'tish
Marokand Guest House
Barcha xizmatlar

Gid bilan eski shahar sayri

Shu yerda o‘sgan gid bilan uch soatlik piyoda sayr: yodgorliklar va ular ortidagi ko‘chalar.

To‘rt kishigacha 350 000 so‘m

Tilework in the old town

Ko‘pchilik mehmonlar to‘rtta yodgorlikni ko‘rib jo‘nab ketadi. Bu sayrda ularni shoshmasdan ko‘ramiz — Registon, Bibixonim, Shohi Zinda — so‘ng shaharni tushunarli qiladigan joylarga boramiz: mahalla ko‘chalari, qog‘oz ustaxonasi, bozor yonidagi tandirlar.

Uch soat, sizning suratingizda; ingliz, rus, o‘zbek yoki fransuz tilida. May–sentabr oralig‘ida ertalab soatda sakkizda boshlagan ma’qul.